Infrastrukturalar yaratish jarayonida ulashgan tajribalarimiz.
Purr bu statik generatsiya qilingan dokumentatsiyamiz. Biz shu loyiha o'zi umumman boshlagan paytimizdan yozib borgan hamma tajribayu qadamlarimizni shu dokumentatsiya ko'rinishidagi blog websayt da ulashib boramiz.
Unday qiyin emas bu saytni localhost da ishga tushurish. Uning uchun, siz Zola ni o'rnatib olishingiz kerak bo'ladi.
Agar sizda Nix paket menejeri o'rnatilgan bo'lsa, undanda yaxshi! Purr da shell.nix mavjud va terminalda:
# shell.nix ishlatadi
nix-shell
ishga tushishi bilan avtomatik server ham localhost:1111 portida ishga tushuriladi terminal sessiyada va terminal sessiya yopilishi bilan server ham yopiladi.
Kiritilgan o'zgarishlarni websaytda ko'rish uchun, terminalni ochib, loyiha turgan joyidan ushbu buyruq ishga tushurasiz:
zola --serve
Yoki sizda nix paket menejeri o'rnatilgan bo'lsa, shu oddiygina nix shell ishga tushurasiz, o'zi serverni ishga tushurib, kerakli narsalarni terminalga osib beradi:
# shell.nix ishlatadi
nix-shell
Hamma postlarimiz content
nomli papkani ichida joylashtirilgan va ushbu fayldagi kontentlarni o'zgartirishingiz mumkin. contnet
papkasi ichidagi fayllardan boshqa narsaga qilingan o'zgarishlar uchun jo'natilgan PR avtomatik tarzda qabul qilinmaydi. Unday holatda issue ochishingizga to'g'ri keladi.
Barcha huquqlar himoyalangan © 2024 Nyan Systems Developers